Tadbirkorlarning muammolari tinglandi
Biznes-ombudsman devonida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
200 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etgan tadbirda tizimli muammolar va murojaatlar atroflicha tinglandi.

Xususan, muloqot davomida soliq ma’murchiligining murakkabligi, tadbirkorlik sub’ektlaridagi tekshiruvlarning ko‘pligi, belgilangan imtiyozlardan foydalanishdagi qiyinchiliklar hamda ekologiya sohasidagi kompensatsiya to‘lovlari bilan bog‘liq bir qator masalalar o‘rtaga tashlandi va muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida mazkur muammolarni bartaraf etish, xususan, tekshiruvlarni qisqartirish va soddalashtirish bo‘yicha mas’ul vazirlik hamda idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, joriy yilning 15-mayidan boshlab davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkazadigan navbatdagi Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 40 dan ortiq vazirlik va idoralarning yetuk mutaxassislarini o‘zida jamlagan Respublika shtabi faoliyati boshlandi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA