Tadbirkorga madad - istiqbolga sarmoya
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida investitsiya muhitini yaxshilash, ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini rivojlantirish hamda ularda yangi ish o‘rinlarni yaratish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, tadbirkorlarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani sohada sezilarli natijalarga zamin yaratmoqda.
[gallery-13234]
Tumandagi “Yoshlar” kichik sanoat zonasida yaqinda ish boshlagan “Ice milk bif” korxonasi rahbari, tadbirkor Fazliddin Dadajonovning aytishicha, bank tomonidan 387 ming AQSH dollari miqdorida kredit mablag‘i ajratilgani istiqbolli loyihani amalga oshirish imkonini berdi.
Loyihaga ko‘ra, eng zamonaviy texnologiyalar asosida iste’mol bozorida xaridorgir bo‘lgan o‘ndan oshiq turda muzqaymoq ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 40 ta ish o‘rni yaratildi. Ishli bo‘lganlar «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»da turgan ko‘makka muhtoj qatlam vakillaridir.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA