Tabiatga zarar yetkazganlar ushlandi
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) tomonidan Buxoro viloyatida navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Unda Peshku tumani hududidagi “Qoraqir” tabiiy suv havzasidan 10 nafar fuqaro tomonidan hech qanday ruxsatnomasiz 94 dona yovvoyi o‘rdak va 23 dona qashqaldoq noqonuniy ovlanganligi aniqlandi. Natijada hayvonot dunyosiga 48 million 204 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.


Shuningdek, yana bir holatda Buxoro viloyati “Gazli” hududida 2 nafar shaxs saksovul o‘simligini noqonuniy ravishda kesish, yig‘ish va tashish bilan shug‘ullanganligi aniqlandi. Yuqoridagi holatlar yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Nazorat reyd tadbirlari davom etmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.