Tabiatga 800 mlrd.so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan (+video)
Qoradaryo daryosining Samarqand viloyatidan oqib o‘tuvchi, Oqdaryo tumaniga tutash qismi hamda Zarafshon daryosining Samarqand viloyatidan oqib o‘tuvchi, Toyloq tumaniga tutash qismidan bir guruh fuqarolar tomonidan qum-shag‘al qazib olinayotganligi hamda tosh maydalash sexlariga olib borilayotganligi aniqlangan.
Ushbu holatlar natijasida tabiatga 800 mlrd.dan ortiq zarar yetkazilgan...
Achinarlisi, Zarafshon milliy tabiat bog‘i hududida noqonuniy qazish ishlari doimiy ravishda olib borilganligi sababli bog‘ hududida 7 gektar yashil maydon yo‘q bo‘lib ketgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/U5-OqqcuYlg" title="Tabiatga 800 mlrd.soʻmdan ortiq zarar yetkazilgan" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, O‘zA