Tabiat qo‘ynidagi qushlar parvozi
Tabiatning betakror manzaralari inson qalbiga zavq bag‘ishlab, atrof-muhit go‘zalligini yanada teranroq his etishga undaydi. Ayniqsa, suv havzalari bo‘yida to‘plangan qushlar, ularning osmondagi erkin parvozi va suv yuzidagi jozibali tovlanishlar o‘ziga xos manzarani namoyon etadi.
Navoiy viloyatidagi suv havzalari atrofida uchraydigan qushlar tabiatning ajralmas qismi bo‘lib, hududning biologik xilma-xilligini boyitishga xizmat qiladi. Suv bo‘yida ozuqa izlayotgan, suv yuzida suzib yurgan yoki osmonda gala-gala bo‘lib parvoz qilayotgan qanotlilar tabiat hayotining jo‘shqinligini aks ettiradi.
Ayniqsa, tonggi quyosh nurlari suv yuzini yoritib, qushlarning harakati bilan uyg‘unlashgan damlarda manzara yanada maftunkor tus oladi. Qanot qoqib parvozga ko‘tarilgan qushlar, suv bo‘yidagi sokinlik va tabiiy muhitning o‘zaro uyg‘unligi kishiga beqiyos estetik zavq bag‘ishlaydi.
[gallery-31988]
Bunday manzaralar nafaqat tabiatning go‘zalligini namoyon etadi, balki uni asrash, suv havzalari va qushlar yashash muhitini muhofaza qilish zarurligini ham eslatadi. Zero, tabiiy boyliklarni kelajak avlodga bus-butun yetkazish, atrof-muhit musaffoligini saqlash va biologik xilma-xillikni muhofaza qilish barchamizning muhim vazifamizdir.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA