Ta’lim-tarbiya yo‘nalishidagi o‘quv dargohi
Farg‘ona viloyati Yozyovon pedagogika kollejida 670 ga yaqin o‘quvchi maktabgacha ta’lim, musiqa ta’limi, jismoniy tarbiya, boshlang‘ich ta’lim va kutubxonashunoslik yo‘nalishlarida tahsil olmoqda.
Farg‘ona viloyati Yozyovon pedagogika kollejida 670 ga yaqin o‘quvchi maktabgacha ta’lim, musiqa ta’limi, jismoniy tarbiya, boshlang‘ich ta’lim va kutubxonashunoslik yo‘nalishlarida tahsil olmoqda.O‘quv dargohida yoshlar zamon talablari asosida bilim olishi uchun barcha sharoit yaratilgan. O‘quv-laboratoriya, lingafon, komputer xonalari zarur jihozlar va ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlangan. Ilmiy va badiiy adabiyotlar, sohaga oid ma’lumotlar keng bazasiga ega axborot-resurs markazi o‘quvchilar xizmatida.