Yaman hukumati husiylarga qarshi harbiy choralar ko‘rish tarafdori
Yaman hukumati mamlakatni kuch bilan nazorat qilishga urinmoqda, chunki o‘lkadagi husiy tashkiloti - “Ansar Allah” bilan mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishning iloji bo‘lmayapti.
Bu haqda Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan hukumatining rejalashtirish va xalqaro hamkorlik vaziri Afra Abdulaziz al-Zuba “Asharq Al-Awsat” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Vazir xalqaro xavfsizlikka to‘xtalar ekan, mintaqadagi barqarorlikni qirg‘oq zonasini nazorat qilish bilan bevosita bog‘ladi. Uning aytishicha, quruqlik tahdidlar uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib qolsa, Qizil dengizda kemalarni himoya qilish qisman yechim bo‘lib qoladi, Bab al-Mandeb bo‘g‘ozidagi xavfsizlik esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri qirg‘oqdan boshlanishi kerak.
Al-Zuba so‘zlariga ko‘ra, Yaman diplomatiyasi xalqaro yordamni kuchaytirish, gumanitar yordamni muvofiqlashtirish va husiylarning qonuniy hukumat sifatida tan olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda.
S.Rahimov, O‘zA