Suyultirilgan gaz ta’minoti bosqichma-bosqich isloh qilinmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.
Mamlakatimizda 3 million 800 ming xonadon suyultirilgan gazdan foydalanadi. Ilgari davlat monopoliyasida bo‘lgan mazkur ta’minot tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy qilinmoqda.
Tadbirkorlar ishtirokidagi pilot loyiha Andijon viloyatida boshlandi. Kelasi yil suyultirilgan gaz yetkazib berish sohasini respublika bo‘ylab xususiy sektorga berish maqsad qilingan.
Prezidentimiz bu jarayonda ta’minot uzluksizligi, xavfsizlik va aholiga xizmat ko‘rsatish sifati eng muhim mezon bo‘lishini ta’kidladi.
O‘zA