Suvni tejab ishlataylik
Soat 18:00 dan keyin ishdan chiqib uyga kelamiz. Qo‘shnilardan birining qo‘lida shlang. Uyining oldidagi gullar, mevali daraxtlarga suv sepmoqda.
Yana bir qo‘shni yigitning dadasi ishdan kelgan, zavq bilan kirlangan mashinasini yuvmoqda. Undan keyingi xonadon egalari ham goh asfaltni, goh yo‘lakchalarni suv bilan tozalamoqda.
“Tefal”ga suv quyib choy qaynatdim. Ishdagi charchoqlarni yo‘qotish maqsadida iliq dush qabul qilishni ko‘zladim. Dushga kirdim, suvni yoqdim. Suv bosimi juda past." Ehaaaa, qo‘shnilar ishdan, o‘qishdan kelgan. Suv ko‘p sarflanadigan vaqt. Shunga suv miqdori bizgacha kamayganligi tabiiy hol". Cho‘milib olishni kechroqqa qoldiraman.
“O‘zsuvta’minot” toza ichimlik suvini bir bosim ostida xonadonlarga yetkazadi. Suv bosimining pastu balandligini keltirib chiqaruvchilar esa shu suvni iste’mol qilayotgan xonadon egalari bo‘ladi.
Suvdan foydalanishning ham o‘z me’yori va qoidalari bor. Yon qo‘shni – jon qo‘shni. Har bir fuqaro qo‘shni xonadonlarga ham ichimlik suvi bir maromda borishini ta’minlash uchun suvdan me’yorida foydalanishi lozim.
Ertalab uyqudan uyg‘onib, ishga ketishga taraddud ko‘rish vaqtida yana xuddi kechagi ahvol. Toza ichimlik suvi xonadonlarga past-baland bosimda kirib boradi. Sababi, yana xuddi shu vaqtda ko‘pchilik suvdan foydalanishni boshlaydi.
Hamma ishda, o‘qishda, kechasi esa shirin uyquda. “O‘zsuvta’minot” yuqori bosim bilan xonadonlarga suv yetkazib berayotganligi xuddi shu vaqtda– ommaviy suvdan foydalanish kamaygan vaqtda oydinlashadi. Yurtdoshlar,suvni isrof qilishdan tiyilaylik!
M.Rashidov,
"Musaffo obi hayot" MCHJ axborot xizmati xodimi