Suvdan foydalanişda yangi tartib: Tadbirkorlarga jazo emas, imtiyozlar
Suv tanqisligi kuçaygan bir davrda Özbekistonda suvdan foydalaniş tartibiga yangiça yondaşuv joriy etilmoqda. Bu tadbirkorlar masʼuliyatini oşirib, tejamkorlikni rağbatlantiradi.
Xalqimizda “Oldingdan oqqan suvning qadri yöq” degan naql bor. Global iqlim özgarişi va Orol fojiasi oqibatida suv tanqisligi kuçayib borayotgan bugungi şaroitda uni tejaş, oqilona foydalaniş davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylandi. Afsuski, şunga qaramay, hamon ariqdan oqib turgan suvni behuda sarflaş holatlari uçrab turibdi. Aynan şu maqsadda, Vazirlar Mahkamasining suvdan foydalanuvçilarning masʼuliyatini oşiriş, tejamkorlik orqali daromad topişga qaratilgan 2026-yil 21-oktabrdagi 585-son qarori qabul qilindi.
–Mamlakatimizda suv resurslaridan oqilona va samarali foydalaniş, uni tejaş, hisobini yuritiş hamda suv olişda belgilangan tartiblarga rioya etilişini taʼminlaş borasida yangi mexanizmlar joriy etilmoqda, – deydi “Suvxöjaliknazorat” inspeksiyasi masʼul xodimi Nurmuhammad Taşbayev. – Qişloq xöjaligi, baliqçilik, sanoat va boşqa sohalarda suv resurslariga bölgan talab ortib borayotgan bir şaroitda suvdan foydalanişda qonuniylik va masʼuliyatni kuçaytiriş muhim ahamiyat kasb etadi. Qarorning asosiy maqsadi tadbirkorlik subʼektlarini asossiz jazolaş emas, balki ularning suvdan foydalaniş madaniyatini oşiriş, qonunbuzilişlarning oldini oliş va suv resurslaridan oqilona foydalanişni taʼminlaşdan iborat.
Masalan, Toşkent viloyati Örta Çirçiq tumani Örtasaroy hududidagi baliqçilik xöjaligi rahbari Lutfulla Saidoxunov uzoq yillardan buyon sohada faoliyat yuritib keladi va suvning qadrini yaxşi biladi. Uning taʼkidlaşiça, köldagi baliqlarning ösib-rivojlanişi bevosita suv resurslariga boğliq.
–Baliqçilik sohasida faoliyat yurituvçi tadbirkor sifatida aytişim mumkinki, suv biz uçun eng muhim işlab çiqariş resurslaridan biri hisoblanadi. Şu bois suvdan belgilangan tartibda foydalaniş, uning hisobini yuritiş va belgilangan limitlarga amal qiliş har bir xöjalikning manfaatiga xizmat qiladi, – deydi baliqçilik xöjaligi rahbari Lutfulla Saidoxunov. – Vazirlar Mahkamasining 585-son qarori bilan tadbirkorlar uçun bir qator muhim imkoniyatlar yaratilgani eʼtiborga molik.
–2027-yil 1-yanvardan boşlab belgilangan şartlarga javob beradigan holatlarda, yil davomida birinçi marta suv oliş tartibi buzilsa, darhol moliyaviy jarima qöllanilmasdan, dastlabki ogohlantiriş beriladi, – deydi “Suvxöjaliknazorat” inspeksiyasi masʼul xodimi Şohida Hamroyeva. – Kamçiliklarni bartaraf etiş uçun 10 kun muddat beriladi. Qaror va hisob-kitobni olgan kundan boşlab bir oy içida belgilangan summaning 50 foizi ixtiyoriy tölansa, qolgan 50 foizini tölaşdan ozod etiladi. Şuningdek, moliyaviy sanksiya summasini olti oygaça bölib-bölib tölaş imkoniyati ham berilgan. Buning uçun bir oy içida dastlabki tölov sifatida umumiy summaning kamida oltidan bir qismini tölaş talab etiladi. Eng muhimi, har bir tadbirkor suvdan foydalanişda belgilangan talablarga amal qilsa, suv hisobini töğri yuritsa va suv resurslarini tejaşga masʼuliyat bilan yondaşsa, közlagan maqsadiga yetadi. Zero, suvni asraş — nafaqat qonun talabi, balki har birimizning kelajak oldidagi masʼuliyatimiz.
Inspeksiyaning Toşkent viloyati boşqarmasi masʼul xodimi Uluğbek Karimovning sözlariga köra, nazorat tadbirlari davomida, avvalo, suvdan foydalaniş limitlariga rioya etilişi, suv oliş şartnomalarining mavjudligi, suvni boşqariş va hisobga oliş uskunalarining örnatilgani hamda maxsus suvdan foydalaniş ruxsatnomalari örganiladi. Agar suv oliş tartibi buzilgani aniqlansa, qoidabuzarlik natijasida olingan suv miqdori belgilangan tartibda aniqlanadi. Bunda suv ölçaş uskunalari, jumladan, zamonaviy «aqlli» hisoblagiçlar maʼlumotlari, «Suv hisobi» axborot tizimidagi maʼlumotlardan foydalaniladi. Qişloq xöjaligi ehtiyojlari uçun suvning haqiqiy hajmini aniqlaş imkoni bölmagan hollarda esa suğoriladigan maydon, suğorişlar soni, ekinlarning suğoriş rejimi va suv oliş davomiyligidan kelib çiqib hisob-kitob amalga oşiriladi.
Sanjar Toşpölatov,
Doniyor Yakubov (video),
Uluğbek Töxtayev (montaj),
ÖzA