Suv polosi: “Talabalar ligasi” finalida kuchlilar aniqlandi
Mamlakatimizda talaba-yoshlar o‘rtasida sport turlari bo‘yicha o‘tkazib kelinayotgan “Talabalar ligasi” musobaqalari iste’dodlarni kashf etish bilan birga joylarda sport infratuzilmasining yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Poytaxtimizda suv polosi bo‘yicha tashkil etilgan “Talabalar ligasi” musobaqasining final o‘yinlari har jihatdan ko‘tarinki ruhda kechdi.
Oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport harakatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan mazkur musobaqaning erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasidagi bahslar yakunida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi ikkinchi, Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasida esa Jizzax davlat pedagogika universiteti sportchilari kumush, Urganch davlat universiteti jamoasi bronza medallariga ega chiqdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA
-0-