Suv: narx, sifat, huquqlar va kelajak taqozosi (+video)
Suv narxi hududdan hududga keskin farq qiladi. Sifat, iste’molchi huquqlari va ta’minot masalalari nega bunchalik muhokamada?
Suv — kundalik hayotimizning eng zarur ne’matlaridan biri. Ammo so‘nggi paytlarda suv tariflari, hududlar o‘rtasidagi narxlar farqi va aholining suv uchun to‘layotgan puli evaziga qanday xizmat olayotgani ko‘proq muhokama qilinmoqda.
Bir hududda bir kub metr suv 1 400 so‘m atrofida bo‘lsa, boshqa hududda bu narx 6 800 so‘mgacha yetmoqda. Xo‘sh, bu tafovut nimaga bog‘liq?
Tarif oshsa, suv ta’minotining sifati ham yaxshilanadimi?
Suv uzilib qolsa, bosim past bo‘lsa yoki iste’molchi bir necha kun xizmatdan foydalana olmasa, uning huquqlari qanday himoya qilinadi?
Yana bir muhim masala — suvni qanday sarflashimiz…
Ichimlik suvini sug‘orish, avtomobil yuvish kabi maqsadlarda ishlatish davom etaveradimi yoki kelajakda suvdan foydalanishni ham tabaqalashtirishga to‘g‘ri keladimi?
Mohichehra Eshmirzayeva, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA