Surxondaryoning eng faol ayollari aniqlandi
FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Yil ayoli” tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning tuman va shahar bosqichida saralangan 14 nafar ayol qatnashdi.
Tanlov mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, munosib taqdirlash hamda bu boradagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadiga qaratilgan.
[gallery-9698]
G‘oliblar “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng faol olima ayoli”, “Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli”, “Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi” kabi 8 nominatsiya bo‘yicha aniqlandi.
Tadbir doirasida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi ham o‘tkazildi. Unda “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tuman (shahar) davlat organi”, “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol NNT”, “Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi TV dastur” kabi nominatsiyalarda g‘olib tashkilot aniqlandi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA