Surxondaryoda polvonlar saralandi
Surxondaryoning Termiz shahrida milliy kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari o‘z yakuniga yetdi.
100 kilogrammdan ortiq vazn toifasida mezbonlar vakili Muhammadkarim Xurramov barcha raqiblarini yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, Jamshid Baxtiyorov (Xorazm) kumush medalga sazovor bo‘ldi. Tajribali polvonimiz Muhsin Hisomiddinov (Surxondaryo) va Nurbek To‘rayev (Buxoro) esa bronza medali bilan taqdirlandi.


Shuningdek, mamlakat kubogida Shermuhammad Jandriyev (Surxondaryo), Jamshid Yo‘ldoshev (Andijon), Arslon Tojiyev (Qashqadaryo), Umar Bozorov (Toshkent shahri), Filura Ergasheva (Qashqadaryo), Pokiza Kamoliddinova (Toshkent viloyati), Yulduz Muhammadiyeva (Surxondaryo), Komila Qahhorova (Surxondaryo) hamda Shahnoza Bozorova (Toshkent shahri) kabi polvonlarimiz o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA