Surxondaryoda pedagoglar malaka toifa sinovlaridan o‘tmoqda
FOTOREPORTAJ
Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Surxondaryo viloyatida ham maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun malaka toifa sinovlari o‘tkazilmoqda. Mazkur jarayonlar 7-apreldan 4-mayga qadar davom etadi.
Test sinovlari Termiz shahridagi 14-umumta’lim maktabida tashkiliy va texnik jihatdan puxta tayyorgarlik asosida, ochiq va shaffof tarzda tashkil etilgan.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Toshpo‘latovning ta’kidlashicha, ushbu jarayon har bir pedagog uchun o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazish, kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, joriy yilda ko‘plab o‘qituvchilarning navbatdan tashqari ishtirok etish istagini bildirgani ularning o‘z ustida ishlayotgani va tizimga bo‘lgan ishonchini yaqqol namoyon etmoqda.
Joriy sinovlarda viloyat bo‘yicha jami 17 ming 783 nafar pedagog ishtirok etmoqda. Shundan 16 ming 483 nafari navbatdan tashqari, 1 ming 300 nafari esa navbatdagi majburiy tartibda qatnashmoqda.
O‘zA fotomuxbiri
Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan suratlar