Surxondaryo maktablarida 56 nafar xorijiy mutaxassis faoliyat yuritmoqda
Surxondaryo viloyatida umumiy örta taʼlim sifatini oşiriş, öquv jarayoniga ilğor xorijiy tajribalarni joriy etiş hamda öquvçilarning zamonaviy bilim va könikmalarni egallaşi uçun keng imkoniyatlar yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ayni paytda viloyatdagi umumtaʼlim maktablarida 56 nafar xorijiy mutaxassis pedagogik faoliyat olib bormoqda. Ular öquvçilarga zamonaviy taʼlim usullari asosida saboq beriş bilan birga, mahalliy öqituvçilar bilan özaro tajriba almaşmoqda.
Mazkur işlar Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 28-avgust kuni ötkazilgan kengaytirilgan videoselektor yiğilişida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oşirilmoqda.
Xususan, yiğilişning 28-sonli bayoni 14.2-bandiga muvofiq, 2024/2025 öquv yilidan boşlab Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan hamkorlikda mamlakatimiz taʼlim muassasalariga 1 ming 500 nafar xorijiy mutaxassisni jalb etiş vazifasi belgilangan.
Surxondaryo viloyati maktablarida xorijiy pedagoglarning faoliyat yuritayotgani uşbu taşabbusning amaliy ifodasidir. Ular tomonidan qöllanilayotgan ilğor öqitiş uslublari dars maşğulotlarini yanada mazmunli taşkil etiş, öquvçilarning bilimga qiziqişini oşiriş va amaliy könikmalarini rivojlantirişga xizmat qilmoqda.
[gallery-32237]
Şuningdek, xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik mahalliy pedagoglarning kasbiy mahoratini oşiriş, xalqaro taʼlim tajribasini örganiş hamda taʼlim jarayoniga zamonaviy yondaşuvlarni tatbiq etiş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratmoqda.
Jonibek QÖZIMURODOV (surat), ÖzA