Suriyadagi tekshiriluvchi obyektlar oʻrganilmoqda
Kimyoviy qurollardan foydalanishni taqiqlash tashkiloti BMT bilan birgalikda Suriyadagi “Barza” hamda “Jamrayya” ilmiy-tadqiqot markazlarini tekshirishni rejalashtirmoqda.
Kimyoviy qurollardan foydalanishni taqiqlash tashkiloti BMT bilan birgalikda Suriyadagi “Barza” hamda “Jamrayya” ilmiy-tadqiqot markazlarini tekshirishni rejalashtirmoqda, deydi kimyoviy qurollardan foydalanishni taqiqlash tashkiloti rahbari Fernando Arias oʻz maʼruzasida.
Shuningdek, maʼruzada tashkilotning Suriyadagi maqsadli harakatlariga moʻljallangan jamgʻarma mablagʻi 17,2 million boʻlgani aytilgan. Hozirgi paytda Suriyadagi tekshiriluvchi obyektlar oʻrganilmoqda. Tekshiruvning aniq vaqti aytilmagan.