Suriyada eronlik harbiy halok boʻldi
Eron Islomiy inqilobni qoʻriqlash korpusi harbiy xizmatchisi Abulfazl Sarlak 10-may kuni Suriyada halok boʻlgan.
Eron Islomiy inqilobni qoʻriqlash korpusi harbiy xizmatchisi Abulfazl Sarlak 10-may kuni Suriyada halok boʻlgan. Bu haqda Eron Islom Respublikasining “IRIB” teleradiokompaniyasi xabar tarqatgan. Falokat sabablari haqida maʼlumot berilmagan.
Mart oyida Eron ommaviy axborot vositalari mamlakatning yuqori martabali harbiy mulozimlaridan biri, bir muddat Palmirdagi harbiy qismlarni boshqargan Farxod Dabirianning halokati toʻgʻrisida ham maʼlum qilishgandi.
Tehron rasmiylari eʼtiroficha, Suriyadagi Eron harbiylari hamkasblarini terrorizmga qarshi kurashda faqat konsultativ koʻmak, yaʼni maslahat berish orqali qoʻllab-quvvatlashmoqda.