Superliga peshqadamlarini jiddiy sinov kutmoqda
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 22-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "So‘g‘diyona" bahsi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
“Bunyodkor” stadionida o‘tkazilgan uchrashuvning birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi. Ikkinchi bo‘limning 71-daqiqasida mezbonlar vakili Luis Kachorin hisobni ochgan bo‘lsa, 88-daqiqada Samandarjon Mavlonqulov gol urib, “So‘g‘diyona” jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Shu tariqa, har ikkala klub bu turda bir ochkoni o‘z hisoblariga qo‘shib qo‘ydi.

Bugun, 28 oktyabr kuni Superligada 22-tur uchrashuvlari yakunlanadi. Turning so‘nggi kunida “OKMK” — "Neftchi", "Dinamo" — "Nasaf" klublari bahsiga guvoh bo‘lamiz.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Nasaf” musobaqa jadvalida 21 o‘yinda 46 ochko to‘plab birinchi pog‘onada bormoqda. “OKMK” esa 39 ochko bilan ikkinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, bu turda durang qayd etgan “So‘g‘diyona” 37 ochko bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA