Superliga: Peshqadamlar ochko yo‘qotgan tur
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 4-turining so‘nggi uchrashuvlari ham kutilmagan natija bilan yakunlandi.
Jumladan, «Navbahor» o‘z maydonida «Surxon» bilan 2:2 hisobida durang qayd etgan bo‘lsa, chempionat peshqadami «Neftchi»ni Toshkentning «Olimpik» klubi o‘z maydonida 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, Superliganing 4-tur bahslari yakunlandi. Mazkur tur yakuniga ko‘ra, «Neftchi» mag‘lub etilgan bo‘lsada, hamon 9 ochko bilan karvonboshilik qilmoqda. «Andijon», «Lokomotiv», «Nasaf» va «OKMK» jamoalari 8 ochko jamg‘argan holda keyingi pog‘onalarda bormoqda. «Qizilqum» klubi 7 ochko bilan 6-o‘rindan joy olgan. «Navbahor» 6, «So‘g‘diyona» 5 ochko jamg‘argan holda 7-8 pog‘onadan o‘rin egalladi. Amaldagi chempion «Paxtakor»ning bu turda ochko yo‘qotishi uni 9-o‘ringa tushirib qo‘ydi. «Olimpik»ning muhim g‘alabasi esa 10-pog‘onaga ko‘tardi. Darvoqe, ikki Toshkent klubi hisobida 4 ochko mavjud. «Dinamo» bu turda zafar quchib uch ochkoga ega bo‘lgan holda 11-o‘ringa chiqib oldi. «Metallurg» 2 ochko bilan, «Bunyodkor» va «Surxon» esa 1 ochko bilan 13-15 talikka kirdi. «Surxon» bu turda o‘zining ilk ochkosini qo‘lga kiritgan bo‘lsa ham quyi pog‘onada qoldi.
Bu turda, «Navbahor» klubi a’zosi o‘zining to‘purarlik borasida tengsiz ekanini isbotladi. Hozirda u 6 ta gol bilan mazkur yo‘nalishda birinchi bo‘lib turibdi. Uning ortidan Shohruh Abdurahmonov («So‘g‘diyona») 4 ochko bilan bormoqda. Shuningdek, Jahongir Abdusalomov («Surxon»), Mirjahon Mirahmadov («Bunyodkor»), Alisher Odilov ( «Olimpik»), Akaki Shulaya («Qizilqum»), Islombek Mamatkazin («Andijon»), Sardor Rahmonov («OKMK»), Damjan Krajisnik va Dilshodjon Komilov («Lokomotiv»), Dragan Cheran («Paxtakor») kabi futbolchilar 2 ta to‘p kiritgan holda navbatdagi o‘rinlardan joy olgan.
Superliganing 5-tur uchrashuvlari 4-7-aprel kunlari o‘tkaziladi. Unda «Lokomotiv» – «Andijon, «Bunyodkor – «Dinamo», «So‘g‘diyona» – Qizilqum», «Surxon» – «OKMK», «Nasaf» – Navbahor», «Neftchi» – «Paxtakor», «Metallurg – «Olimpik» o‘rtasida bahslar bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA