Superliga: "Andijon" "Xorazm"ni yengdi, "Dinamo" "Paxtakor"dan ochko oldi
Kun duranglarga boy bo'ldi.
O‘zbekiston Superligasining 19-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchta uchrashuv yakunlandi. "Andijon" o‘z maydonida "Xorazm"ni mag‘lub etgan bo‘lsa, "Surxon" — OKMK hamda "Dinamo" — "Paxtakor" bahslarida durang qayd etildi.
"Andijon" "Bobur Arena"da "Xorazm"ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 87-daqiqada urildi. Zaxiradan maydonga tushgan Martin Boakye Bekzod Sulaymonovning uzatmasidan so‘ng to‘pni darvozaga joylab, andijonliklarga muhim uch ochkoni taqdim etdi.
Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida o‘tgan "Surxon" — OKMK uchrashuvida esa hisob ochilmadi. Har ikki jamoa yaratgan imkoniyatlaridan foydalana olmadi va bahs 0:0 hisobida yakunlandi.
Turning yana bir uchrashuvida Samarqandning "Dinamo" klubi "Paxtakor"ni qabul qildi. Bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan tugadi.
62-daqiqada Hojimat Erkinov Stefen Chineduning uzatmasidan foydalanib, "Paxtakor"ni oldinga olib chiqdi. Mezbonlar 85-daqiqada javob qaytardi: Behruzbek Oblaqulovning uzatmasidan so‘ng Firdavs Abdurahmonov hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa, "Andijon" 19-turni uch ochko bilan yakunlagan bo‘lsa, "Surxon", OKMK, "Dinamo" va "Paxtakor" bir ochkodan qo‘lga kiritdi.