Sudyalik lavozimlariga tanlov e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bo‘sh sudyalik lavozimlariga navbatdagi tanlovni e’lon qildi:
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);;
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);;
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudi sudyasi (1 nafar);
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi sudyasi (2 nafar);
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi sudyasi (2 nafar);
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi (2 nafar).
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi sudyasi (3 nafar);
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudi sudyasi (1 nafar);
Bekobod tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi (1 nafar).
Sudyalar oliy maktabida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan va 35 yoshdan kichik bo‘lmagan nomzodlar ariza bilan Sudyalar oliy kengashiga yozma yoki elektron shaklda (omk-kotibiyat@mail.ru) murojaat qilishi mumkin.
Savollar bo‘yicha qo‘yidagi telefon raqami orqali bog‘lanish so‘raladi: +99871 215 73 10.
Arizalar qabul qilish 2021 yil 12 fevral kuni yakunlanadi.