Sudlarning 6 oylik ishlari tahlil qilindi
Qashqadaryo viloyat sudi tashabbusi bilan Qarshi shahridagi “Jurnalistlar uyi”da viloyatda faoliyat yuritayotgan OAV vakillari ishtirokida viloyat sudlarining 2023 yilning birinchi yarmi davomida odil sudlov borasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning 6 oyi davomida Qashqadaryo viloyat, tumanlararo, tuman va shahar sudlariga 6 ming 147 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlar 2022 yil 6 oyiga nisbatan 1382 taga yoki 18 foizga kamaygan.
[gallery-12914]
Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra, 97 tasi qanoatlantirilgan, 5 ming 936 tasiga tushuntirish berilgan, 28 tasi taalluqliligiga ko‘ra quyi sudlarga yuborilgan, 42 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa idoralarga yuborilgan, 1 tasi anonim murojaatlar bo‘lganligi bois ko‘rmasdan qoldirilgan. Shuningdek, 11 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda. Shundan 112 tasi takroriy, 75 tasi dublikat murojaatlar hisoblanadi.
Tadbir davomida viloyat ma’muriy sudi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Baxtiyor Qilichovning ham hisoboti tinglandi.
OAV vakillari sud-huquq sohasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan batafsil javob oldi.
O‘lmas Barotov, O‘zA. Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA.