Stikerim bor, lekin mashinam jarima maydonida...
Yunusobod tumanida yashovchi Alisherdan Ortiqovning bu murojaatiga AOKAda oʻtkazilgan brifingda IIV axborot xizmati rahbari Shohrux Gʻiyosov javob berdi:
Yunusobod tumanida yashovchi Alisherdan Ortiqovning bu murojaatiga AOKAda oʻtkazilgan brifingda IIV axborot xizmati rahbari Shohrux Gʻiyosov javob berdi:
“Shu fuqaro misolida, maxsus stikeri boʻlgan barcha avtotransport haydovchilariga murojaat qilmoqchiman. Fuqaro O.Aning avtotransport vositasining texnik koʻrik muddati 10-aprelda tugagan. Shuning uchun 16-aprel kuni YPX xodimi bayonnoma rasmiylashtirib, transport jarima maydoniga qoʻyilgan.
Stiker karantin davrida harakatlanish huquqini beradi, lekin barcha hujjatlaringiz joyida va toʻliq boʻlishi kerak.
Shu oʻrinda velosiped egalariga ham tushuntirish bermoqchimiz. Agar velosipeddan foydalanib ishga qatnayotgan boʻlsangiz, yoningizda uch xil hujjat boʻlishi kerak. Pasport, ish joyingizni guvohnomasi yoki mehnat daftarchasidan koʻchirma, karantin davrida ishga jalb etilganingiz haqida tashkilotdan biror-bir hujjat. Boshqa maqsadlarda velosipeddan yoki skuterlardan foydalanish karantin qoidasini buzgan hisoblanadi.