Stanisichga Yevropaning besh grandi qiziqish bildirmoqda
“Bavariya” Stanisich transferi uchun 55–65 million yevro talab qilishi mumkin.
“Bavariya” himoyachisi Yosip Stanisich Yevropaning bir qator top-klublari e’tiboriga tushdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchiga “Arsenal”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “Real Madrid” va PSJ qiziqish bildirmoqda.
“Bavariya” Stanisich transferi uchun 55–65 million yevro talab qilishi mumkin. Himoyachining Myunxen klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan.
Stanisich o‘tgan mavsum Bundesliga doirasida 26 ta uchrashuvda 2 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etdi.