Sportsevar yoshlar maskani
Jizzax tumanidagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabida milliy kurash, dzyu-do, futbol, voleybol, basketbol, gandbol, boks, taekvondo, badiiy va sport gimnastikasi, stol tennisi kabi yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.
Jizzax tumanidagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabida milliy kurash, dzyu-do, futbol, voleybol, basketbol, gandbol, boks, taekvondo, badiiy va sport gimnastikasi, stol tennisi kabi yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.Zarur inventarlar bilan to‘liq ta’minlangan zamonaviy majmuada hududdagi mingga yaqin o‘g‘il-qiz sport seksiyalarida muntazam mashg‘ulot o‘tamoqda. Maktab yoshlari mamlakatimiz miqyosida o‘tkazilayotgan turli sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda.