Sportsevar yoshlar maskani
Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi 12-bolalar va o‘smirlar sport maktabida 750 ga yaqin o‘g‘il-qiz zamonaviy sharoitlarda muntazam shug‘ullanmoqda.
Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi 12-bolalar va o‘smirlar sport maktabida 750 ga yaqin o‘g‘il-qiz zamonaviy sharoitlarda muntazam shug‘ullanmoqda.
Maktabda futbol, voleybol, basketbol, badiiy va sport gimnastikasi, shaxmat, shashka, kurash, taekvondo, karate sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.
– Yoshlar o‘zlari qiziqqan sport turi bilan muntazam shug‘ullanishi uchun bu yerda keng imokoniyatlar mavjud, – deydi maktab direktori Matkomil Qilichev. – Bundan unumli foydalanayotgan yoshlarimiz viloyat va mamlakat miqyosidagi nufuzli musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda.