Sportga ishtiyoqmand qizlar
Buxoro shahridagi “To‘maris-Plyus” sport-sog‘lomlashtirish klubida qirqdan ziyod qiz badiiy gimnastika bilan muntazam shug‘ullanmoqda.
Mashg‘ulotlarning yuqori saviyada o‘tishi uchun majmuada barcha sharoit va qulayliklar yaratilgan. Klub yoshlari viloyat va mamlakat miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.