Sportchilarimizning muvaffaqiyati
Rossiyaning Anapa shahrida kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan jahon kubogi – «Daymond» musobaqasida hamyurtlarimiz Vatanimiz sharafini munosib himoya qildi.
Rossiyaning Anapa shahrida kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan jahon kubogi – «Daymond» musobaqasida hamyurtlarimiz Vatanimiz sharafini munosib himoya qildi.
Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarimizni O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing assotsiatsiyasi vakillari, sport jamoatchiligi va muxlislar kutib oldi.
Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida yurtimiz sportchilari xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishmoqda.
Dunyoning 26 davlatidan 1300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan musobaqada Shohruh Asqarov o‘z vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Hamyurtlarimizdan Muzaffar G‘oziyev, Oybek Abdurahimov, Sherzod Abdullayev, Qobiljon Rahimov, Normuhammad Rahmonberdiyev, Oybek Xudoyberdiyev, Jalolxon Mamatov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Nodirbek Xudoyberdiyev va Shohruh O‘rinboyev musobaqaning bronza medali bilan taqdirlandi.