Sportchilarga zamonaviy jihozlar
Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bayrami arafasida Namangan shahrining Davlatobod tumanidagi sport-ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida amaliy ishlar qilinmoqda.
Tuman sport maktabida o‘tkazilgan tadbirda respublika Sport vazirining o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov, Davlatobod tumani hokimi Anvar Tojimirzayev yosh avlodni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ular uchun munosib sharoitlar hozirlash va mashg‘ulotlar sifatini yanada oshirish muhimligini ta’kidladi.
Tadbirda Sport vazirligi tomonidan taqdim etilgan to‘qqiz turdagi 400 dan ortiq zamonaviy sport jihozlari, anjomlari va kiyimlar sportchilarga topshirildi.

Shuningdek, sportning bir qator turlarida shogirdlarining muvaffaqiyatli natijalariga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan murabbiylar ham munosib taqdirlandi.
Bayram munosabati bilan Namangan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘tkazilgan yoshlar va sportchilar ishtirokidagi ochiq muloqotda Shaxrillo Mahmudov, Namangan viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Akramjon Dadaboyev ishtirok etdi.

Samimiy ruhda kechgan uchrashuv davomida mamlakatimizda sportni jadal rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yosh iste’dod egalariga yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar yuzasidan fikr almashildi.


Tadbir yakunida, sportda munosib natijalarga erishayotgan bir guruh yigit-qizlar tantanali ravishda taqdirlandi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.