Sport xabarlari
Turkiyada xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirning juftlik bahslarida tennischimiz Sabina Sharipova muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Tennis. Turkiyada xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirning juftlik bahslarida tennischimiz Sabina Sharipova muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqa chorak finalida Sabina rossiyalik Yekaterina Yashina bilan hamkorlikda rossiyalik Veronika Kudermetova va bolgariyalik Aleksandrina Naydenova juftligini 7:6, 3:6, 10:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Sabina va Yekaterina yarim finalda ukrainalik Alyona Fomina va gruziyalik Yekaterina Gorgadze bilan raqobatlashadi.
* * *
Mamlakatimizning barcha hududidan yuzdan ortiq sportchi jangovor sambo yo‘nalishida o‘zaro kuch sinashmoqda. Musobaqa doirasida turli nominatsiyalar bo‘yicha yilning eng yaxshi sportchilari va mutaxassislari e’lon qilinadi.
* * *
Umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni Toshkent shahri jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, mezbonlar ikkinchi, Samarqand viloyati jamoasi esa uchinchi pog‘onadan joy oldi.