Sport xabarlari
Poytaxtimizda o‘smirlar va qizlar o‘rtasida vaterpol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Engil atletika. Iqtidorli atletimiz Safina Sa’dullaeva Qozog‘istonda yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda bronza medalni qo‘lga kiritdi. U turnirning balandlikka sakrash bahslarida 170 santimetrlik natija qayd etdi.* * *
Vaterpol. Poytaxtimizda o‘smirlar va qizlar o‘rtasida vaterpol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tgan ushbu musobaqada o‘g‘il bolalar o‘rtasida Namangan viloyati jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasida Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi jamoasi shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.