Sport xabarlari
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilgan Jahon kubogining navbatdagi bosqichida hamyurtimiz Oksana Chusovitina oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Sport gimnastikasi. Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilgan Jahon kubogining navbatdagi bosqichida hamyurtimiz Oksana Chusovitina oltin medalni qo‘lga kiritdi.O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilinishicha, tajribali sportchimizning tayanib sakrash bahslaridagi ishtiroki hakamlar tomonidan eng yuqori ballga loyiq topilgan.
Mazkur musobaqa sportchimiz uchun aprel oyida bo‘ladigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini beruvchi nufuzli turnir oldidan o‘ziga xos tayyorgarlik bosqichi vazifasini ham o‘tadi.
* * *
Erkin kurash. Belarus poytaxti Minsk shahrida yakunlangan an’anaviy Gran-pri turnirida terma jamoamiz a’zolari ikkita bronza medal bilan taqdirlandi.
Dunyoning yigirmadan ziyod davlatidan uch yuzga yaqin sportchi ishtirok etgan nufuzli turnirning vazni 57 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida Nodirjon Safarov va vazni 74 kilogrammgacha bo‘lgan kurashchilar bahsida Rashid Qurbonov uchinchi o‘rinni egalladi.