Sport – salomatlik garovi
Navoiyda o‘tkazilgan “Otam, onam va men – sportchi oila” musobaqasida 10 oila ishtirok etdi.
Navoiyda o‘tkazilgan “Otam, onam va men – sportchi oila” musobaqasida 10 oila ishtirok etdi.“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, oilalarda jismoniy madaniyatni yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Musobaqa shartlari bo‘yicha epchillik va mohirligini namoyish etgan Qiziltepa tumanidan Rahmonovlar oilasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga Karmana tumanidan Jumayevlar hamda Zarafshon shahridan Polvonovlar oilasi sazovor bo‘ldi.
– Bizning oilada biror sport turi bilan shug‘ullanish yaxshi an’anaga aylangan, – deydi musobaqa g‘olibi Shomurod Rahmonov. – Tumanimizdagi 35-umumta’lim maktabida jismoniy tarbiyadan dars beraman. 4 farzandim va turmush o‘rtog‘im sportning voleybol, badiiy gimnastika, futbol turlari bilan muntazam shug‘ullanadi. Musobaqaning mamlakat bosqichida ham yuqori o‘rinlar uchun kurashamiz.
Ishtirokchilar “Eng ahil jamoa”, “Eng yosh jamoa”, “Jamoaning g‘alabaga bo‘lgan ishonchi”, “Eng tezkor jamoa”, “Eng epchil jamoa”, “Eng faol jamoa”, “Eng ibratli jamoa” nominatsiyalari bo‘yicha ham taqdirlandi.