Sport – salomatlik garovi
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shon-shuhrat“ muzeyida “Sogʻ tanda sogʻlom aql“ shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi.
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shon-shuhrat“ muzeyida “Sogʻ tanda sogʻlom aql“ shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi.Mazkur tadbir Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tashkil etildi.
Unda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining maktabgacha va boshlangʻich taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalari, sportchi va murabbiylar, tibbiyot xodimlari navqiron avlodning har tomonlama barkamol boʻlib kamol topishida jismoniy tarbiya va sportning oʻrni muhim ekani haqida suhbatlashdi.
Tadbir soʻnggida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldi.