Sport maktablari ligasi o‘tkazildi
Shiddatli bahslar nihoyasiga yetdi. Bu mavsumda qaysi jamoalar chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgani ma’lum bo‘ldi.
Mamlakatimizda sport maktablari ligasi doirasida 2009–2013-yillarda tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi bahslari o‘z yakuniga yetdi.
Musobaqaning U17 yosh toifasida Surxondaryo jamoasi birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Buxoro ikkinchi, Toshkent shahri jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. U16 yoshda ham Surxondaryo vakillari g‘olib bo‘ldi. Farg‘ona ikkinchi, Namangan uchinchi o‘rindan joy oldi.
15 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar bahsida Surxondaryo, Namangan va Andijon jamoalari kuchli uchlikdan joy olgan bo‘lsa, Farg‘ona, Samarqand hamda Namangan jamoalari 14 yoshgacha bo‘lgan yosh toifasida shohsupaga ko‘tarildi. U13 yoshdagi futbolchilar orasida Andijon jamoasiga teng keladigani topilmadi. Bu yosh toifasida Xorazm va Namangan jamoalari 2-3-o‘rinni band etdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga kubok, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA