“Sponsor" bo‘lish qimmatga tushdi
Toshkent shahrida yashovchi 29 yoshli ayol Q.M. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 50.000.000 so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan. Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Sirdaryo viloyatida yashovchi 23 yoshli S.I. sodir etganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, S.I., jabrlanuvchi Q.M. bilan telegram messenjeri orqali tanishib, unga tovar sotib olish uchun sponsor kerakligi va pullarini oz fursatlarda 30 foizga ko‘paytirib berishni va’da qilib, aldov yo‘li bilan 50.000.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishib, mazkur pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan S.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri