So‘xdagi mahallalar obod go‘shalarga aylanmoqda
Ayni kunlarda butun mamlakatimiz bo‘ylab Respublika ishchi guruhi boshchiligida “Obod mahalla — obod ko‘cha — obod xonadon” dasturi doirasidagi keng qamrovli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Bevosita ushbu jarayonga Prezident maslahatchisi o‘rinbosari boshchiligida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining mas’ul xodimlari, respublikaning vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etilgan.
Bu boradagi ishlar samaradorligi esa Farg‘ona viloyatining olis So‘x tumani aholisini ham mamnun etmoqda. Xususan, Respublika ishchi guruhi mas’ullari ishtirokida tumanning 15 ta ob’ektida qurilish-montaj ishlari bajarildi va 8 ta ob’ekt foydalanishga topshirildi.
Jumladan, ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash bo‘yicha rejadagi 11 ta ob’ektdan 45 km. asfaltlash ishlari bajarilib, foydalanishga topshirildi, qolgan 2 ta ob’ektda qurilish ishlari olib borilmoqda.
Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 1 ta ob’ekt, “Guliston” MFY hududiga yangi 6.6 km. tarmoq tortish, 2 dona transformator va 221 dona temirbeton tayanchlarni o‘rnatish ishlari bajarilib, yakuniga yetkazildi.

Sug‘orish suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 1 ta ob’ekt, “Qizilqiyoq” MFY hududiga sug‘orish suv tarmoqlarini tortish ob’ektida qurilish-montaj ishlari bajarilib, tarmoq tortish ishlari yakunlandi va yangi nasos o‘rnatilib, foydalanishga topshirish arafasida.
Aholi murojaatidan kelib chiqib, ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan R.To‘xtanazarov va R.To‘xtasinovning uy-joylari ta’mirlanib, topshirildi.
Shu bilan birga, aholi vakillarini ish bilan ta’minlash, bandlik masalalariga yechim topishdek ishlar amalga oshirilmoqda, adirliklarda minglab gektar yerlarning o‘zlashtirilishi, suv chiqarilib, ekin maydonlari barpo etilishi hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ishlari borasidagi eng yirik loyihalarga aylanmoqda.
Xususan, Kalcha qishlog‘i yaqinidagi Javpaya adirliklarida ming gektar, Demirsad qishlog‘i yaqinidagi Qayroq massivida yana 1,5 ming ga. yer maydonlari o‘zlashtirilishi, o‘rikzor hamda malinazor plantatsiyalar yaratilishi buning isboti, albatta.
Xalq qabulxonasi, sektorlar rahbari, aholi o‘ramlaridagi hokim yordamchilari va yoshlar faollari o‘rganishlari asosida bu yer maydonlari endilikda ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi qatlamlariga 50 sotixgacha ajratib berilmoqda. Yoz pallasi nihoyalar ekan, yer egalari ulardan o‘zlarining dastlabki hosillarini ham olmoqda.

Darhaqiqat, bugun So‘xda ham barcha mahallalar obod go‘shalarga, ko‘rkam maskanlarga aylanmoqdaki, natijada obod va namunali xonadonlar, ko‘chalar, mahallalar soni ortib bormoqda.
Pirovardida yurtdoshlarimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi yuksalib, yashashga, kelajakka bo‘lgan intilishi kuchaymoqda. Obodlik bor joyda esa hamisha fayz-baraka bo‘ladi.
Ayni kunlarda butun mamlakatimiz bo‘ylab Respublika ishchi guruhi boshchiligida “Obod mahalla — obod ko‘cha — obod xonadon” dasturi doirasidagi keng qamrovli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Bevosita ushbu jarayonga Prezident maslahatchisi o‘rinbosari boshchiligida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining mas’ul xodimlari, respublikaning vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etilgan.
Bu boradagi ishlar samaradorligi esa Farg‘ona viloyatining olis So‘x tumani aholisini ham mamnun etmoqda. Xususan, Respublika ishchi guruhi mas’ullari ishtirokida tumanning 15 ta ob’ektida qurilish-montaj ishlari bajarildi va 8 ta ob’ekt foydalanishga topshirildi.

Jumladan, ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash bo‘yicha rejadagi 11 ta ob’ektdan 45 km. asfaltlash ishlari bajarilib, foydalanishga topshirildi, qolgan 2 ta ob’ektda qurilish ishlari olib borilmoqda.
Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 1 ta ob’ekt, “Guliston” MFY hududiga yangi 6.6 km. tarmoq tortish, 2 dona transformator va 221 dona temirbeton tayanchlarni o‘rnatish ishlari bajarilib, yakuniga yetkazildi.
Sug‘orish suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 1 ta ob’ekt, “Qizilqiyoq” MFY hududiga sug‘orish suv tarmoqlarini tortish ob’ektida qurilish-montaj ishlari bajarilib, tarmoq tortishishlari yakunlandi va yangi nasos o‘rnatilib, foydalanishga topshirish arafasida.

O‘zA