Soliq imtiyozlari – farovonlik omili
Termizda Prezidentimizning 2015-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Termizda Prezidentimizning 2015-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Rahmonqulov va boshqalar mamlakatimiz soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar soliq yukini bosqichma-bosqich kamaytirish, aholi farovonligini ta’minlashda yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi. Bu boradagi ishlar xususiy sektorni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va jismoniy shaxslarning daromadini oshirishga qaratilayotgan doimiy e’tiborda o‘z ifodasini topmoqda. Jumladan, bu yil ham tadbirkorlar va jismoniy shaxslarning real daromadlarini oshirish uchun qator soliq va majburiy to‘lovlar stavkalari pasaytirildi, qonun hujjatlariga asosan qo‘llanilayotgan imtiyozlar muddati uzaytirildi. Jismoniy shaxslarning asosiy ish joyidan tashqari boshqa korxona va tashkilotlarda o‘rindoshlik asosida mehnat qilishi, o‘ziga tegishli mol-mulkni ijaraga berishi, qonunda belgilangan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi orqali qo‘shimcha daromad olish, oilaviy byudjetini mustahkamlashning huquqiy asoslari yaratilgan. Bunday imkoniyatdan samarali foydalanayotgan jismoniy shaxslar olayotgan daromadlari bo‘yicha jami yillik deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreligacha topshirishi belgilab qo‘yilgan.
– O‘rindoshlik asosida mehnat qilayotgan fuqaroning asosiy bo‘lmagan ish joyidan uning arizasiga ko‘ra eng yuqori stavkada daromad solig‘i ushlangan bo‘lsa, bunday jismoniy shaxslardan deklaratsiya talab etilmaydi, – deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati rahbari I.Rahmatov. – Viloyatda soliq to‘lovchilarning jami yillik daromadi aks etgan deklaratsiyani topshirishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Fuqarolar ushbu hujjatni joylardagi soliq inspeksiyalariga borib topshirishi, buyurtma xat shaklida jo‘natishi yoki elektron raqamli imzo asosida interaktiv xizmatlar orqali elektron shaklda yuborishi mumkin.