Sohibqiron tavalludiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi (+video)
Sohibqiron Amir Temur nomi jahon tarixining eng ulug‘ shaxslari safida munosib o‘rin egallab kelmoqda. U buyuk davlat arbobi, qudratli sarkarda hamda ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi sifatida insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan.
Uning adolatga asoslangan davlatchilik g‘oyalari, kuchli boshqaruv tizimi va ma’rifatparvarlik siyosati bugungi kunda ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Milliy gvardiyasi harbiylari bilan buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda, markazlashgan davlat asoschisi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan "Menkim, sohibqiron - Amir Temur..." mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Ushbu sana faqat shunchaki tarixiy kun emas, balki milliy o‘zlikni anglash, boy ma’naviy merosni chuqur o‘rganish va uni keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan muhim jarayon sifatida qaralmoqda. Shuningdek, har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilinib, ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar va mahallalarda temurshunos olimlar, yozuvchi va san’atkorlar ishtirokida uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Bu kabi tadbirlar harbiy yoshlarga tarixni anglash, ajdodlarga munosib avlod bo‘lish va albatta o‘zgacha faxr tuyg‘usini beradi.
<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/UZkuFNDW80k" title="Sohibqiron tavalludiga bag`ishlangan tadbir o`tkazildi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Salimjon Obidjonov (video), O‘zA