Sohadagi o‘zgarishlar tahlil qilindi
FOTOREPORTAJ
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali mas’ullari tomonidan Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati va kelgusida erishiladigan natijalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
Dastavval “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hududiy filiali bosh muhandis o‘rinbosari Abror Aliyev va ASKUE mutaxassisi Oybek Mamatov ishtirokchilarga qaror ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, elektr ta’minoti tizimiga kiritilgan imtiyozlar, quyosh panellarining samaradorligi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan tegishli javob oldi.
[gallery-18353]
Matbuot anjumanidan so‘ng ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun media-tur tashkil etilib, ishtirokchilar filial qoshida tashkil etilgan “Data centre” faoliyati bilan tanishtirildi.
ASKUE hisoblagichlarining ishlash tartibi, afzalliklari haqida ham ma’lumotlar berib o‘tildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA