Sog‘inib kutganim, xush kelding bahor!
Butun borliqni yashillikka burkash niyatida qadam qo‘ygan fasllar kelinchagi bahor nafasi qiru adirlar, bog‘u rog‘larda bo‘y ko‘rsatib, qalblarga ajib iliqlik, bahorga xos xushkayfiyat ulashmoqda.
Tabiat qish uyqusidan uyg‘onib, sekin-asta jonlanayotgan dov-daraxtlarning gullari iforidan sarxush arilarning g‘o‘ng‘illashi ham kishiga o‘zgacha zavq beradi.
[gallery-5957]
Tabiat o‘zgarishlariga hamohang tarzda odamlar ko‘klam yumushlarini boshlab yuborishgan. Bahorning ilk kunlaridan joylarda xalqimizning ezgu an’analariga monand bahor bayramlariga taraddud boshlanadi. Nurobodning Jom qishlog‘i mahallalari faollari, 2-son Jom madaniyat markazi xodimlari ham qiyg‘os gullagan bodomzorda xalqona laparlar, milliy kuy-qo‘shiqlar bilan bayramga hozirlikni boshlashdi. Barchaning qalbida osoyishta yurtda hayot kechirayotganligiga shukronalik, uning bardavomligiga, taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishdek ezgu maqsadlar mujassam.
Alisher ISROILOV, O‘zA