Sog‘lom oilalar musobaqasi
Toshkent davlat texnika universiteti sport majmuasida oilaviy jamoalar o‘rtasida “Sog‘lom oila” shiori ostidagi sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent davlat texnika universiteti sport majmuasida oilaviy jamoalar o‘rtasida “Sog‘lom oila” shiori ostidagi sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan tashkil etilgan musobaqada poytaxt kasaba uyushmalari tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan ishchi-xizmatchilarning oila a’zolari yugurish, akrobatika, arqon tortish kabi shartlar bo‘yicha mahoratini namoyish etdi.
Musobaqada jami 14 oilaviy jamoa g‘oliblik uchun bahslashdi. Yakunda Mahkamovlar va Valiyevlar oilalari g‘olib, deb topildi.
– Oilamizda sog‘lom turmush tarziga qat’iy amal qilinadi, – deydi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy xodimi Turob Mahkamov. – Bu kabi musobaqalar oilalar o‘rtasida sportni ommalashtirish, o‘zaro hurmat va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.