Sog‘lom hayot asosi
Navoiy viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Navbahor tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabida kurash, suzish, shaxmat, boks, stol tennisi, voleybol bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. Maktab qoshidagi suzish havzasi, ayniqsa, yoshlarning sevimli maskani.
Navoiy viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Navbahor tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabida kurash, suzish, shaxmat, boks, stol tennisi, voleybol bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. Maktab qoshidagi suzish havzasi, ayniqsa, yoshlarning sevimli maskani.Zamonaviy inshootning suv sporti to‘garaklarida suzish mashg‘ulotlari uchun barcha sharoit yaratilgan. Bu yerda 200 ga yaqin o‘g‘il-qiz malakali murabbiylar ko‘magida jismoniy chiniqib,mahoratini oshirmoqda.