Sog‘lom hayot asosi
Xorazmda o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida suzish bo‘yicha viloyat ochiq birinchiligi o‘tkazildi.
Xorazmda o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida suzish bo‘yicha viloyat ochiq birinchiligi o‘tkazildi.“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamda O‘zbekiston suzish federatsiyasi viloyat filiali hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 100 dan ziyod sportchi 50 va 100 metr masofaga suzish bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.
Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarni sportga keng jalb etish orqali jismonan va ma’nan sog‘lom voyaga yetkazish, bolalar sportini rivojlantirish, sport majmualaridan foydalanish samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
– Maqsadimiz yoshlar o‘rtasida suzishni yanada ommalashtirish, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Xorazm viloyati kengashi mutaxassisi Anvar Odamov. – Barcha tuman va shaharlarda sportning ushbu turini izchil rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, zamonaviy sport obyektlari, jumladan, suv havzalarining bunyod etilayotgani yosh avlodni sog‘lom va barkamol ulg‘aytirishga xizmat qilmoqda.
Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.