Soʻrovnomada Ukraina prezidentining reytingi ikki baravarga pastlagani aytildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning eʼtirof reytingi oʻtgan yilning sentyabriga nisbatan olinganda ikki baravariga pastlab, eng quyi koʻrsatkichni qayd etdi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning eʼtirof reytingi oʻtgan yilning sentyabriga nisbatan olinganda ikki baravariga pastlab, eng quyi koʻrsatkichni qayd etdi.
“Obozrevatel” bu xususda Razumkov Markazi soʻrovi natijasiga koʻra xabar tarqatdi.
Soʻrovda qatnashganlarning 25,3 foizi prezidentlik saylovida Zelenskiyga ovoz berishini bildirgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning sentyabrida 56,1 foizni tashkil qilgan.
Sobiq prezident Poroshenkoga 11,1 foiz odam ovoz berishini maʼlum qilgan, uning bu boradagi avvalgi koʻrsatkichi esa 6,1 foiz boʻlgan. Shuningdek, “Batkivshina” yetakchisi Yuliya Timoshenko 5,6 foiz ukrainalikning eʼtirofiga munosib boʻlgan, bu miqdor uning kuzdagi koʻrsatkichidan 1,3 foizga oshgan.