Slalomchilarimiz Osiyo chempionatida shohsupaga ko‘tarildi
Xitoyning Guychjou provinsiyasida slalomda eshkak eshish bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston, Xitoy, Qozog‘iston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston hamda boshqa davlatlarning eng kuchli sportchilari ishtirok etmoqda.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini 6 nafar sportchi – Anvar Klevleyev, Sherzod Qurbonaliyev, Ibragim Nosirjonov, Pavel Eygel, Janibek Temirg‘aliyev va Samandar Saydullayev himoya qiladi. Quvonarlisi, chempionatning K1 dasturida Janibek Temirg‘aliyev kumush, Pavel Eygel esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA