Sirdaryoliklar ham hasharga faol ishtirok etdi
“Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostida o‘tkazilgan hasharda Sirdaryo viloyati bo‘yicha 364 ta texnika jalb qilinib, 150 mingdan ziyod aholi ishtirok etdi Viloyatning obodligi uchun hasharda 85 mingdan ortiq yoshlarning qatnashayotganligi ham tahsinga sazovor. Hashar davomida ziyoratgoh va 121 ta qabristonlar tozalandi.
Viloyatning barcha hududlarida obodonchilik, ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chat va gul ekish, chiqindilarni belgilangan joylarga olib chiqib tashlash ishlari amalga oshirildi.

Viloyat hokimi, senator G‘ofirjon Mirzayev hasharga bevosita ishtirok etdi. Bundan tashqari, Mahalla xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyati bo‘lim va bo‘linmalari tomonidan 124 ta ijtimoiy ximoyaga muxtoj kam ta’minlangan oilalarning xonadonlari oqlanib va ta’mirlandi. Bu ishga 55 million .600 ming so‘m malag‘ yo‘naltirildi.

Bundan tashqari, Mahalla xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyati bo‘lim va bo‘linmalari qoshidagi "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi xisobidan Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari qaroriga ko‘ra 48 million 600 ming so‘m pul mablag‘lari ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi. Oziq-ovqat maxsulotlari berildi Bunday xayrli ishlar davom etmoqda.



Sh. Suyarov,
F. Toshmatov, O‘zA.