Sirdaryolik yigitlar harbiy xizmatga kuzatildi
FOTOREPORTAJ
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 22 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Sirdaryo viloyatida ham yigitlar harbiy xizmatga kuzatilmoqda.
[gallery-6657]
Viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi yig‘uv punktida bir guruh yigitlarni harbiy xizmatga yuborish tantanalari bo‘lib o‘tdi. “Oq yo‘l senga yurt himoyachisi, mahallamiz g‘ururi!” shiori ostida o‘tgan ushbu tadbirni Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonining o‘rinbosari, Sirdaryo viloyat rahbariyat kengashi raisi, podpolkovnik Baxtiyor O‘ralboyev kirish so‘zi bilan ochib, Vatan himoyasiga otlangan yoshlarni ushbu sharaf bilan qutladi.
Guliston shahar madaniyat bo‘limi san’atkorlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga hush kayfiyat baxsh etdi. Tadbir qatnashchilariga yozilgan dasturxon atrofida dildan suhbat qurgan ota-onalar farzandlariga yaxshi tilaklar bildirib, ularga oq yo‘l tiladi.
Yigitlar karnay-surnay sadolari ostida maxsus harbiy poyezdga kuzatildi.
Furqat TOSHMATOV (surat),O‘zA