Sirdaryolik tadbirkorlar bilan uchrashuv
Prezidentimiz soliq sohasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish asnosida soliq organlari tadbirkorlar bilan uchrashib ularning muammolarini tinglashi, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirishi, tadbirkorlarga ko‘makchi bo‘lishi yuzasidan topshiriq bergan edi.
Mazkur topshiriq ijrosi doirasida Sirdaryo viloyatining Guliston hamda Yangiyer shaharlarida Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyev ishtirokida tadbirkorlik subektlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Guliston, Boyovut, Xovos tumanlari hamda Guliston, Yangiyer, Shirin shaharlaridan tadbirkorlar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan zarur tushuntirishlar berish bilan birga tadbirkorlar savollariga batafsil javob berildi. Bunday uchrashuvlar Oqoltin, Sirdaryo , Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod, Sayxunobod va Sirdaryo tumanlarida ham bo‘lib o‘tdi.
Sh. Suyarov, O‘zA.